Mourin'yo "Real"ga hech kim kutmagan futbolchini sardor qilib tayinlandi
Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa sardorligini Kilian Mbappenga topshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqida ispan grandi faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda yaqindan yoritib boruvchi jurnalist Ignasio Sanches xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, Mourinyo hozirgi yetakchilar – Federico Valverde, Tibo Kurtua va Vinisius Juniyordan sardorlik vakolatini olib qo‘yishni o‘ylayapti.
Aytilishicha, portugaliyalik mutaxassis ikki janubiy amerikalik futbolchidan umuman voz kechish variantini ham ko‘rib chiqmoqda, chunki ularning jamoa ichidagi ta'sirini «juda zaharli» deb baholamoqda. Kurtua borasida esa Mourinyo darvozabonga ham sardorlik bog‘ichini topshirish tarafdori emas.
Xabarlarga qaraganda, Mourinyo birinchi raqamli kapitan sifatida Kilian Mbappeni ko‘rishni istamoqda. Unga o‘rinbosarlar sifatida Antonio Ryudiger va Jud Bellingem tayinlanishi rejalashtirilgan.