Mourin'yo Vinisiusning «Real»da qolishini talab qilmoqda
Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo braziliyalik yulduz hujumchi Vinisius Juniorning «qirollik klubi»da qolishini qatʼiy qoʻllab-quvvatlamoqda.
Fabrizio Romano maʼlumotiga koʻra, portugaliyalik mutaxassis madridliklar va 26 yoshli braziliyalik futbolchi oʻrtasidagi muzokaralarda bevosita ishtirok etmoqda. Tomonlar haligacha yangi shartnoma boʻyicha toʻliq kelishuvga erisha olmagan. Mourinyo esa Vinisiusning «Real»da qolishini istamoqda. U klub rahbariyatiga ham, futbolchining oʻzigа ham yangi mavsumda uni qay tarzda maydonga tushirishni rejalashtirayotgani haqida tushuntirib bergan.
Maʼlumki, Vinisiusning amaldagi shartnomasi 2027 yil iyuniga qadar moʻljallangan. Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalarida braziliyalik hujumchi kelgusida Londonning «Arsenal» klubiga oʻtishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalmoqda.

Fikrlar