Mourino: "Benfika"ning taklifini rad etib bo‘lmaydi"

  • 17 sentabr, 23:10
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourino Portugaliyaga qaytib, "Benfika" bosh murabbiyi sifatida ish boshlash arafasida ekani haqida gapirdi.

Tecno

"Samolyotga chiqishimdan oldin mendan "Benfika"ni boshqarish qiziqmi, deb so‘rashdi. Menga qiziq, deb javob berdim. "Benfika" rasman ham qiziqishim bor-yo‘qligini so‘radi. Men hozir xorijdaman, lekin qaytib kelgach, mamnuniyat bilan suhbatlashishim mumkinligini aytdim.

"Benfika"ni boshqarish imkoniyati paydo bo‘lganida, ko‘p o‘ylamadim: bu men uchun qiziq. Qaysi murabbiy "Benfika"dan voz kechishi mumkin? Men emas.

Klubga qaytish – bu kareramning yakunlanishi emas. Yaqinda klubimni tark etgandim, to‘rt haftacha bo‘ldi. Mavsum oxirigacha ishsiz qolishni rejalashtirmaganman – bu mening uslubim emas. Men doim ishlashni xohlayman.

O‘zimga "his-tuyg‘ularni muvozanatga keltirish kerak, shoshilib har qanday klubga rozi bo‘lish to‘g‘ri emas" deb aytdim. Lekin bu holatda taklif kelganda ikkilanmadim – men uchun qiziq edi va xohlagandim", – dedi Mourino Tirish aeroportida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!