Mourinyo: «Bu jamoa hozircha hech qanday sovrin yutgani yo‘q»
Joze Mourin'yu hozirgi «Real» tarkibi katta salohiyatga ega, lekin hali hech qanday sovrin yutmaganini ta'kidladi.
«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Chempionlar ligasi doirasidagi AEKka qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Bahs 4 noyabr kuni Afinada bo‘lib o‘tadi.
— Hozirgi jamoa siz klubdagi ilk faoliyatingiz davrida boshqargan tarkib darajasiga yetisha oladimi?
— Men futbolchilar, jamoalar yoki turli davrlarni taqqoslashni yoqtirmayman. Gap ko‘p yillar avvalgi voqealar haqida ketmoqda. Bunday taqqoslashlar menga haqiqatan ham yoqmaydi.
Hozirgi jamoaning salohiyati juda yuqori. Ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan avvalgi jamoada ham shunday salohiyat bor edi. Ammo bu jamoa hozircha hech qanday sovrin yutgani yo‘q, u endigina o‘z yo‘lini boshlamoqda. Kelajak nima olib kelishini ko‘ramiz. Shunga qaramay, tarkib va ixtiyorimdagi futbolchilardan juda mamnunman.
Eslatib o‘tamiz, Mourinyu 2010–2013 yillarda «Real»ni boshqargan. Uning qo‘l ostida madridliklar 100 ochkolik rekord natija bilan Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan, shuningdek, mamlakat Kubogi va Superkubogida ham g‘alaba qozongan.
Izohlar (0)