Mourino: “Fenerbaxche" mening darajamdagi jamoa emasdi”

  • 19.09.2025 17:55
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, Turkiyaning "Fenerbaxche" jamoasi Evropa chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng bosh murabbiy Joze Mourinoning iste’fosini e’lon qildi. 62 yoshli mutaxassisning Turkiyadan ketganidan keyingi intervyusi keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

- Men “Fenerbahche”ga borib xato qildim. U erning tabiati va Turkiyadagi futbol darajasi mening darajamga to‘g‘ri kelmaydi. Yaqqol ko‘rinib turibdiki, men "Fenerbaxche" bilan so‘nggi ish kunimgacha borimni berdim, lekin “Benfika”ga qaytib to‘g‘ri qildim. Dunyodagi eng kuchli jamoalar bilan ishlash mening darajam. 

Tabiiyki, bu turk futbol ommasiga manzur kelmadi. Sababi, Mourino qo‘l ostida bir qator ijrochilar mavjud edi - Fred, Chengiz Under,  Sent-Maksimen, Batshuayi, Dushan Tadich, Edin Jeko -  lekin shunday jamoa bilan Joze na ichki Superligani yutdi, na Chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqa oldi.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!