Mourino: Kasilyas bilan oramizda tushunmovchiliklar bo‘lgan, lekin hozir munosabatlarimiz juda yaxshi
Portugaliyalik mashhur mutaxassis Joze Mourino yurak xuruji bilan kasalxonaga yotqizilgan "Portu" darvozaboni Iker Kasilyas haqida gapirib o‘tdi.
“Men darhol “Portu” bilan bog‘landim. Ushbu klubda ajoyib tibbiy departament mavjud. Iker ishonchli qo‘llarda bo‘ladi. Oldin o‘rtamizda tushunmovchiliklar bo‘lgan, lekin hozir munosabatlarimiz juda yaxshi”, - deydi Mourino.
Eslatib o‘tamiz, Kasilyas va Mourino “Real”da birga faoliyat olib borishgan. Iker aynan Joze qo‘l ostida “qirollik klubi”da asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan.
Fikrlar