Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mourinyo: Menga "Real"ni maqtamang

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Avvalgi yutuqlar tarixda qoldi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourin'yo hozirgi tarkibni o‘zining oldingi, sovrinlar qo‘lga kiritgan jamoalari bilan taqqoslashdan bosh tortdi.

«Hech qanday taqqoslash bo‘lishi mumkin emas. Bu jamoa, shubhasiz, juda katta salohiyatga ega, lekin hali hech narsa yutgani yo‘q, hammasi endi boshlanyapti. Kelajakda nima bo‘lishini kutamiz. Faqat shuni ayta olamanki, men tarkibdan va ixtiyorimdagi futbolchilardan juda mamnunman», – deya Mourin'yoning so‘zlarini AS nashri keltiradi.

Portugaliyalik murabbiy ilgari «Portu» va «Inter» bilan Yevropa chempionlar ligasida g‘olib chiqqan, shuningdek, «Chelsi» bilan Angliya chempioni bo‘lgan.

«Real»dagi ilk faoliyati davrida esa Mourin'yo madridliklarni 2011/12 mavsumida Ispaniya chempioniga aylantirgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q