Mourino "Milan" va "Monako" taklifini rad etdi. U "Real"ga qaytmoqchi

  • 28 sentabr, 2019, 02:08
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino "Real"ga qaytish maqsadida bir qator takliflarni rad etgan.

Shu yilning may oyidan buyon, portugaliyalik mutaxassis "Milan", "Monako", "Lill", "Volfsburg", "Shalke" kabi jamoalarning takliflariga rad javobini berib keldi. Biroq, shu vaqtga qadar Mourino PSJ, "Bavariya" va "Yuventus" klublarini kuzatib keldi.

Shu qatorda, ushbu mutaxassis "Tottenxem"da ish boshlashga ham tayyor edi. Bunga sabab, Maurisio Pochettino "Real"ga o‘tish ehtimoli yo‘q emasdi.

Hozirda, Mourino "Real"da ish boshlashga qiziqmoqda. Buning uchun madridliklar Zidanni bo‘shatishga qaror qilishlari kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik mutaxassis 2010-2013 yillarda "qaymoqranglilarni boshqargan. Uning so‘nggi ish joyi MYu klubida bo‘ldi va u 2018 yilning dekabr oyida ishdan bo‘shagan edi.

Manba: Goal.com

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!