Mourin'yo: "Murabbiy sifatida o‘sishimda uning hissasi katta"

  • 13.02.2026 17:08
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Barselona" sobiq yulduzi Lionel Messi bilan qarama-qarshiligi haqida gapirdi.

 "Leo bilan qarama-qarshilik menga murabbiy sifatida rivojlanish uchun katta imkoniyat yaratdi. Har safar "Barselona"ga qarshi o‘yinda bor e’tiborimni unga qaratishim va Leoga qarshi qanday harakat qilish haqida o‘ylashim kerak bo‘lardi. Messiga qarshi kamida ikkita futbolchi birga kurashishi kerak bo‘lar edi", dedi portugaliyalik mutaxassis. 

Ma’lumot uchun, Mourinyo faoliyati davomida "Real" "Chelsi" va "Inter" bosh murabbiyi sifatida Messiga qarshi jamoasini maydonga olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!