Mourino MYu yulduzini "Fenerbaxche"ga olib kelmoqchi!

  • 19.07.2025 01:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourino yangi vinger talab qildi va uning ro‘yxatida birinchi nom – Markus Reshford.

"Manchester Yunayted"da Ruben Amorim rejalariga kirmagan 27 yoshli angliyalik futbolchi bilan turk klubi aloqaga chiqmoqda. "T24" nashrining xabar berishicha, kelasi hafta boshida klub vakillari ham futbolchi, ham klub bilan muzokara o‘tkazishadi.

Turkiya grandi Reshfordni ijaraga olib, keyin 46 million evroga sotib olish huquqi bilan kelishuv taklif qilmoqchi.

Aytish kerakki, hozirda Reshford MYu bilan umumiy mashg‘ulotlarga qo‘shilmagan va o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida "Aston Villa"da ijarada to‘p surgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!