Mourino: "O‘rtamizda hech qanday sir yo‘q"
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino A Seriyaning 25-turidan o‘rin olgan "Sassuolo"ga qarshi o‘yin oldidan shogirdlari bilan munosabati haqida gapirdi.
Eslatib o‘tamiz, "Inter"ga qarshi o‘yindan so‘ng portugaliyalik mutaxassis o‘z futbolchilarini to‘p va shaxsiyat etishmasligida ayblagandi.
"Futbolchilar mening ish uslubimdan qoniqish hosil qilishlarini aytishdi. O‘rtamizda hech qandan sir yo‘q. Men hamma gapni ularning yuziga aytaman va futbolchilarni muloqotga taklif qilaman. Jamoadagilar mendan o‘zgarmasligimni so‘rashdi, men esa ularga o‘zgarmasligimni aytdim.
"Inter"ga qarshi o‘yindan keyin gaplashdik, xatolarni tahlil qildik va ularni tuzatishga harakat qilyapmiz. Mana men qanday ishlayman", - dedi Joze.

Fikrlar