Mourin'yo “Real” rahbariyatidan “boshqacha” hujumchi so'radi

  • 02.07.2026 15:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoani kuchaytirish rejalarini tuzishda davom etmoqda.

Diario AS nashrining xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis klub rahbariyatidan Xoselu uslubida harakat qiladigan sof markaziy hujumchini olib kelishni so‘ragan.

Biroq hozircha bu “Qirollik klubi” uchun transfer bozoridagi ustuvor vazifa hisoblanmaydi. Klubdagilar Gonsalo Garsiya ham ushbu vazifani munosib bajara olishi mumkin, deb hisoblashmoqda.

Yakuniy qaror yangi bosh murabbiy barcha futbolchilar bilan mavsumoldi yig‘inida ishlab ko‘rganidan keyin qabul qilinadi.

O‘tgan mavsumda “Real” La Ligada ikkinchi o‘rinni egalladi, birorta ham kubok musobaqasida g‘olib chiqa olmadi va mavsumni sovrinsiz yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!