Mourin'yo Vinisius Juniyorga tanbeh berdi
"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Real Madrid"ga qarshi o‘yindan so‘ng gol urgan Vinisius Juniornni tanqid qildi. Portugaliyalik mutaxassis braziliyalik futbolchining golni nishonlash tarzini ma’qullamadi.
“Golni nishonlash boshqa tarzda bo‘lishi kerak edi. Bu klubda Yeusebio kabi afsonalik qora tanli futbolchi bor. "Benfika" irqchilik qiladigan klub emas.”
Shu bilan birga, Mourinyo stadionlarda Vinisiusga qarshi takroriy bosimlarga e’tibor qaratdi:
“Bunday holatlar ko‘plab stadionlarda, har doim bir xil tarzda sodir bo‘lmoqda. Bu noto‘g‘ri.”
U Vinisiusga shunday dedi:
“Sen ajoyib gol urding, nega shunday nishonlading? Nega shunchaki ajoyib futbolchi bo‘lishdan keladigan xursandchilik bilan golni nishonlay olmading?”
Mourinyo futbol tarixining buyuk afsonalari bilan solishtirdi:
“Nega Vinisius Di Stefano, Pele yoki Yeusebio kabi nishonlamadi? Sen super gol urding, va keyin raqsga tushding. Nega shunday qilindi? Bu holat doimo takrorlanadi, va men buni tushunmayapman.”
Fikrlar