Mourino: Zidan Beyl ketganidan mamnun
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa safiga "Real"dan kelgan yarim himoyachi Garet Beyl haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Agar barcha xursand bo‘lsa, unda bu eng yaxshi qaror hisoblanadi.
Zidan bilan shaxsan gaplashmadim, ammo u Beyl ketganidan xursand ekanligiga aminman. Garet biz bilan ekanligidan mamnunmiz, uning o‘zi ham "Tottenxem"ga qaytganidan baxtiyor. Shuning uchun ham mavsum yakunida barchamiz yaxshi kayfiyatda bo‘lamiz, deb umid qilaman va u biz bilan yana qolishi mumkin bo‘ladi.
Men Beylni o‘z jamoamda ko‘rishni istaganligimni uning o‘zi ham juda yaxshi biladi. O‘tgan mavsumda buning iloji bo‘lmadi. "Manchester Yunayted"da ekanligimda uni olib kelishga uringanimni ham Garet biladi.
Shu qatorda, u menga futbolchi sifatida juda va juda yoqishini ham biladi. Shuning uchun o‘zaro munosabatlarimiz yaxshi holatda. Ammo mening jamoamda faqat eng yaxshilar maydonga tushishini ham u juda yaxshi anglaydi. U Garet Beyl bo‘lgani uchun maydonga tushmaydi, u maydonga tushishga loyiq ekanligini isbotlash uchun o‘ynaydi," - dedi Mourino.
Fikrlar