Mourinoni endi tushunib etdim!

  • 14 aprel, 2022, 18:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

A Seriyaning o‘tgan turida “Salernitana” darvozasini ishg‘ol qilib, “Roma”ning g‘alabasiga katta hissa qo‘shgan Karles Peres jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinoningn falsafasini tushuna boshlaganini aytib o‘tdi.

“Barselona” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan bu hujumchi Joze Mourino “Roma”ni qabul qilib olganidan keyin asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotgandi.

Peres joriy chempionatdagi golini 32-turga kelib urdi. U asosiy vaqtini zaxirada o‘tkazayotani bois, yozda boshqa jamoaga ketish haqida o‘ylayotgan edi.

Bir yilga yaqin ishlaganimdan so‘ng Joze Mourinoning falsafasi va talablarini endi tusha boshladim. Endi uning qanaqa ekani va nima istayotganini anglab turibman. Men kam o‘ynayotgan bo‘lsam ham, u meni o‘yinchi sifatida o‘sishga erishimizga turtki berdi. Mourino meni ruhlantiryapti va o‘z maslahatlari bilan mentalitetimni kuchaytirishga harakat qilyapti, dedi Karles Peres.

2020 yildan beri Rim klubida faoliyat ko‘rsatayotgan futbolchiga hozirning o‘zida Ispaniya va Germaniya klublaridan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda.

24996728-8026607-image-a-20_1582235362692

“Roma” niyatiga etolmaydi

“Roma” yozda transfer qilishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatiga Donetskning “Shaxtyor” klubi Mixaylo Mudrik ham kiritilgan edi.

21 yoshli futbolchi har ikki qanot hujumida va markazda hujumchi ortida samarali o‘ynay oladi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, rimliklar bu o‘yinchini qo‘lga kirita olmaydi. Ukrainalik yarim himoyachi faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishni ma’qul ko‘rgan.

Unga “Roma”dan tashqari “Brentford” ham qiziqish bildirayotgan edi.

Mixaylo Mudrik joriy mavsumda Ukraina chempionati, mamlakat kubogi va Chempionlar ligasida jami 19 ta uchrashuv o‘tkazib, bir juft gol urdi va jamoadoshlariga to‘qqizta golli pas uzatdi. Uning transfer summasi to‘rt million evroni tashkil qiladi.

489_1

Manchini safga qaytdi

Konferentsiyalar ligasi chorak finalning dastlabki uchrashuvini Norvegiyadagi sun’iy qoplamali maydonda o‘tkazgan “Roma” futbolchilaridan Janluka Manchini tizzasidan shikastlangan edi.

O‘sha bellashuvda Joze Mourino shogirdlari “Budyo-Glimt”ga 1:2 hisobida yutqazishdan tashqari, asosiy himoyachilardan birining safdan chiqqani muxlislarni xavotirga solgandi.

Mavsum eng qizg‘in pallasida yaxshi xabar keldi. Italiyalik himoyachi jarohatidan tez tiklangan va jamoaning umumiy mashg‘ulotlarida ishtirok eta boshlagan.

Manchini bu mavsumda 37 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

GettyImages-1235689363-1

Mourino kutgan o‘yinchi kelmaydigan bo‘ldi

Joze Mourino Rim klubini qabul qilib olganidan beri jamoasiga “Arsenal” yarim himoyachisi Granit Jakani olib kelmoqchi bo‘lyapti. O‘tgan yili shveytsariyalik futbolchi kutilmaganda “Roma” taklifiga qaramay, “kanonirlar” bilan shartnomani uzaytirib yubordi.

Portugaliyalik mutaxassis tajribali o‘yinchiga sport direktori Tyagu Pinto orqali  yana chorlov yubordi.

Biroq, Daily Mirror nashrining xabar berishicha, Jaka “Arsenal” muxlislariga  londonliklar safida biror sovringa erishmay turib, boshqa jamoaga o‘tmasligini aytgan va kelasi mavsum ham Londonda qolishga va’da bergan.

Xhaka

“Roma”ni finalda ko‘rmoqchiman

“Liverpul” darvozaboni Alison Bekker Sky Sport nashriga bergan intervyusida UEFA tasnifidagi musobaqalar haqida gapirib, “Roma”ni ham tilga oldi.

- “Roma”ni Konferentsiyalar ligasi finalida, “Liverpul”ni esa Chempionlar ligasidagi hal qiluvchi uchrashuvda ko‘rmoqchiman, - dedi Allison Bekker.

Braziliya futboli tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 29 yoshli darvozabon Evropadagi faoliyatini 2016 yili yozda Rim klubida boshlagan. “Roma” sakkiz million evroga olgan darvozabonini ikki yil o‘ynatib, “Liverpul”ga 62,5 million evroga transfer qildi.

Allison joriy mavsumda 42 ta uchrashuvdan 22 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va 32 ta gol o‘tkazib yubordi.

2sh-19

Shomurodov gol urolmagan o‘yindan so‘ng Mourino nega uzr so‘radi?

Shomurodovni kutyapmiz!

“Roma”: Bu futbolchi endi o‘ynamaydi! Mourino kim haqida gapirdi?

“Roma” hujumchisi bo‘yicha kutilmagan vaziyat yuzaga keldi!

Mourino o‘ynatmayotgan hujumchiga Ispaniya grandidan taklif bor

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!