Moyes yana "Everton"ga qaytishi mumkin

  • 22 oktabr, 2017, 14:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsum “Sanderlend”ni premer-ligadan tushirib yuborgan Devid Moyes “Everton”da ish boshlashi mumkin.

Tecno

Mirror nashrining yozishicha agar “irischilar” rahbariyati Ronald Kumanni iste’foga chiqarishsa, ushbu lavozimga aynan Moyes asosiy nomzod sifatida tilga olinmoqda. Qayd etish lozimki, gollandiyalik mutaxassisning jamoadagi taqdiri ayni damda so‘roq ostida qolmoqda. Boisi, “Everton” APLning o‘tgan 8ta turida 8 ochko to‘pladi va mos ravishda musobaqa jadvalining 16-pog‘onasini egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Moyes Shotlandiya terma jamoasi bilan shartnoma imzolashi borasida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, manbaaning ma’lum qilishicha 54 yoshli mutaxassis faoliyatini klub tizimida davom ettirmoqchi.

Ma’lumot uchun, Devid Moyes faoliyati davomida 11 yil aynan “Everton”ni boshqargan. Shundan so‘ng 2013 yilda “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!