Muhammad Saloh bu borada tarixda birinchi bo‘ldi
U 4 o‘yindan buyon "Old Trafford"da gol urib kelmoqda
Muhammad Saloh Premer-liganing ketma-ket 4 o‘yinida "Old Trafford"da gol urgan birinchi mehmon futbolchi bo‘ldi.
32-turdan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" "Liverpul" bahsida mersisaydlik vinger 84-daqiqada penaltidan hisobni tenglashtirdi.
Saloh "Old Trafford"da ketma-ket 4 o‘yinda gol urdi. U "Manchester Yunayted"ga qarshi safar o‘yinlarida bunday seriya qayd etgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi.

Izohlar (0)