
Muhammad Saloh kutilmagan jamoani tanladi
“Liverpul” asosiy to‘purari Muhammad Saloh bilan yangi bitim borasida bir to‘xtamga kela olmayapti. Masala maosh miqdoriga borib taqaladi.
Misrlik to‘purarning amaldagi kelishuvi kelasi mavsum oxirida tugaydi. Agar tomonlar yozgacha kelisha olmasa, klub rahbariyati Salog‘ni sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi.
Muhammadning o‘zi ham Liverpulni tark etishga qarshi emas. The Telegraph nashrining ma’lum qilishicha, premer-ligada to‘purarlik qilayotgan mohir hujumchiga PSJ varianti qiziqarli tuyulmoqda.
Avvalroq, afrikalik forvard liverpulliklar bilan kelisha olmagan taqdirda “Barselona”ga o‘tishi mumkinligi aytilgandi.
Muhammad Saloh bu mavsum 45 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 30 ta gol va 14 ta assist rasmiylashtirdi.
Fikrlar