Muҳammad Saloҳ o‘ziga kutilmagan jamoani tanladi
O‘tgan mavsum “Liverpul”ning Angliya chempionatidagi g‘alabasida muhim rol o‘ynagan Muhammad Saloh joriy chempionat tugaganidan keyin klubni tark etishini e’lon qilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, 33 yoshli to‘purar faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishga moyillik bildirmoqda.
FlashScore nashrining yozishicha, misrlik o‘yinchida MLS klublaridan bir nechta takliflar bor. Shunga qaramay, Saloh “Barselona”ga o‘tishni istaydi.
Kataloniya klubi Salohni transfer qilishga qiziqish bildirgan, ammo hozircha bu borada hech qanday amaliy qadam tashlamagan.
Saloh 2017 yili “Liverpul”ga Italiya ning “Roma” klubidan 42 million yevro evaziga olib kelingan edi.
Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda ishtirok etib, 11 ta gol va 9 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar