Muҳammad Saloҳ o‘ziga yangi jamoa tanladi

  • 11.02.2026 07:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Liverpul”ning o‘tgan mavsum Angliya chempionligini qo‘lga kiritishiga katta hissa qo‘shgan Muhammad Saloh faoliyatida jiddiy o‘zgarish qilishni ma’qul ko‘rdi.

Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi mutasaddilari Muhammad Saloh va uning atrofidagilar bilan hamkorlik va shartnoma shartlari bo‘yicha printsipial kelishuvga erishdi.

Bu haqida Topskills nashri o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, “Livepul” joriy mavsum o‘yinda jiddiy pasayish kuzatilayotgan 33 yoshli  misrlik  futbolchisini yaqin transfer oynasidayoq sotish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor. Mersisaydliklar Salohni 30 milliondan 50 million funt sterlinggacha bo‘lgan summa evaziga qo‘yib yuborishga rozi, ayrim shartlar bajarilganda esa yanada kamroq kompensatsiyaga ham rozilik berishi mumkin.

“Al-Ittihod” uchun esa moliyaviy tomon muammo emas, chunki futbolchi taklif etilgan shartlarni allaqachon qabul qilgani aytilmoqda.

Shuningdek, Saloh yiliga taxminan 210 million funt sterling maosh olishi mumkinligi, ikki yillik shartnomasining umumiy qiymati esa qariyb 420 million funtni tashkil etishi ma’lum qilindi.

Saudiya Arabistoni klubi muzokaralarni tezlashtirmoqda, chunki ular boshqa da’vog‘arlar – “Al-Hilol”  va “Al-Qodisiy”ni ortda qoldirib,  muhim  kelishuvni imkon qadar tez yakunlashni maqsad qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!