Muhammad Salohdan “yubiley” gol va komment
Angliya premer-ligasining o‘ninchi turida Muhammad Saloh va Rayan Gravenberx tomonidan kiritilgan gollar amaldagi chempion “Liverpul”ga “Aston Villa” ustidan g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, mersisaydliklar ligada qatorasiga to‘rtta mag‘lubiyatdan keyin yana g‘alaba nashidasini surdi.
Uchrashuvda hisobni ochgan 33 yoshli Saloh “Liverpul”da kiritgan to‘pulari sonini 250 taga etkazib, o‘ziga xos “yubiley” golini nishonladi. Bu ko‘rsatkichga erishish uchun misrlik hujumchi 415 ta o‘yinda maydonga tushgan.
- Buyuk klubda gollar uchun ajoyib hissiyot beradi. O‘zimning natijalarimdan faxrlanaman va juda baxtiyorman, - dedi Muhammad Saloh uchrashuvdan keyin.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yildan beri “Liverpul”da o‘ynab kelayotgan Muhammad Saloh jamoa bilan birga klublar miqyosidagi deyarli barcha nufuzli musobaqalarda g‘olib chiqqan. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etadi.
Fikrlar