Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mundialga oz qolganda terma jamoa tarkibida o‘zgarish bo‘ldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Jarohat rejaga ta'sir qildi

Shotlandiya terma jamoasi o‘zining X ijtimoiy tarmoғidagi sahifasida 2026 yildgi jahon chempionati uchun qaydnomaga “Manchester Yunayted”ning 19 yoshli yarim himoyachisi Tayler Fletcher kiritilganini e’lon qildi.

Avvalroq “Napoli” yarim himoyachisi Billi Gilmor jarohati sababli jahon chempionatida ishtirok eta olmasligi ma’lum bo‘lgan edi.

Joriy mavsumda Tayler Fletcher Angliya Premier-ligasi bahslarida ikki marta maydonga tushdi. Shuningdek, u “Manchester Yunayted”ning 21 yoshgacha bo‘lgan jamoasi safida 29 ta uchrashuvda qatnashdi.

Jahon chempionatining guruh bosqichida Shotlandiya terma jamoasi “C” guruhida Braziliya, Marokash va Gayti terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

2026 yildgi futbol bo‘yicha jahon chempionatining final bosqichida 48 ta milliy terma jamoa ishtirok etadi. Musobaqa 2026 yilning 11 iyunidan 19 iyuligacha bo‘lib o‘tadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q