Muxlis kutilmagan podkat bilan "Yuventus" yulduzini "sindirdi"
Ali Ahmadxo’jayev
Bunaqasi bo‘lmagan
«Yuventus» himoyachisi Federico Gatti yoshlar jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi paytida mushak choʻzilishiga uchradi. Eng qiziq, futbolchiga jarohatni maydonga tushgan muxlis yetkazgan.
Uchrashuv davomida anʼanaga koʻra «Yuventus» ishqibozlariga futbolchilar bilan suratga tushish va suhbatlashish uchun maydonga kirishga ruxsat berilgan.
Shu paytda muxlislardan biri tezroq yugurishga urinagan, ammo sirpanib ketib, orqadan Gattiga qoʻpol tarzda urilgan holat yuzaga kelgan.
Natijada Federico Gatti mushak jarohati oldi va endi u A Seriyaning 1-turida «Frozinone»ga qarshi oʻyinni oʻtkazib yuboradi.
Izohlar (0)