Muxlislar “Bavariya” transferini barbod qilmoqchi

  • 6 iyul, 2024, 15:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” niderlanliyalik markaziy himoyachi Matteys de Ligtni “Manchester Yunayted”ga transfer qilish bo‘yicha ish olib boryapti.

Aslida bu o‘yinchiga bir necha grand klublardan taklif bo‘layotgan edi. Biroq Mateysning o‘zi unga “Ayaks”da ustozlik qilgan Erik ten Xag bilan yana birga ishlash uchun Manchester variantini ma’qul ko‘rmoqda.

Shunga qaramay, “Bavariya” muxlislari Matteys de Ligtning jamoada olib qolishni talab qilyapti. Ular klub bu transferga rozi bo‘lgani uchun pushaymon bo‘lishini ta’kidlayapti.

Ashaddiy muxlislar tajribali o‘yinchini Myunxenda olib qolishni so‘rab, petitsiya e’lon qildi. Dastlabki soatlardayoq petitsiyani 20 ming nafarga yaqin futbol ishqibozi imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!