Muzetti katta turnirning navbatdagi bosqichiga yo‘l oldi

  • 30.05.2025 18:14
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Tennis

Jahon reytingida 7-o‘rinni egallagan Lorenso Muzetti "Rolan Garros" turnirining 4-bosqichiga chiqdi.

Italiyalik tennischi reytingda 97-o‘rinda turgan Mariano Navone ustidan 4:6, 6:4, 6:3, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi. U "Rolan Garros"da top-5 tarkibiga kirmaydigan raqiblarga qarshi o‘yinlarda 11:0 hisobida etakchilik qilmoqda.

Muzetti faoliyati davomida uchinchi marta ushbu turnirning to‘rtinchi bosqichida ishtirok etadi.

Keyingi bosqichda italiyalik sportchi Xolger Rune yoki Kventen Alis bilan bellashadi.

Farhodova Maftuna

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!