MЮ futbolchisiga yangi jamoa topildi

  • 21.01.2026 16:36
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" sharafini himoya qilib kelayotgan futbolchi Manuel Ugarte faoliyatini Niderlandiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqida "The Athletic" nashri xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, urugvaylik yarim himoyachining xizmatlariga "Ayaks" jamoasi qiziqish bildirmoqda. Amsterdamliklar futbolchini ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Biroq "qizil iblislar" yangi bosh murabbiyi futbolchini qo‘yib yuborish niyatida emas. 

24 yoshli futbolchining ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi narxi 30 million yevroni tashkil etadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Manuel joriy mavsum MYu safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushishga erishdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!