MYu hujumchisi qishda jamoadan ketmoqchi
Joshua Zirkze "Manchester Yunayted"ni tark etmoqchi. Hujumchi bu mavsumda bor-yo‘g‘i 82 daqiqa maydonda harakat qilgan (asosiy vaqtga qo‘shib berilgan o‘yinlarni hisobga olmaganda). Bu borada forvard "qizil iblislar"ning kattalar jamoasida eng kam daqiqa o‘tkazgan bo‘lib turibdi.
Yuzaga kelgan vaziyat niderlandiyalik futbolchining g‘ashiga tegmoqda va u yanvar oyidayoq jamoasini o‘zgartirishga tayyor. Ayniqsa, yaqinlashib kelayotgan jahon chempionati fonida muammo jiddiy tus olmoqda. U allaqachon terma jamoasining oktyabr oyidagi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.
O‘tgan mavsumda Zirkze APLda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.
Fikrlar