MYu ikki karra "The Best" sovrindori bilan muzokaralar o‘tkazyapti

  • 21 iyun, 13:10
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martines faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin.

Tecno

Insayder Nikolo Skira bergan ma’lumotga ko‘ra, "qizil iblislar" argentinalik posbonning transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. Xabarlarga ko‘ra, Martinesning o‘zi ham joriy yozda "Aston Villa"ni tark etishga tayyor. Avvalroq OAVda darvozabon "Manchester Yunayted"ga o‘tishni istayotgani haqida mish-mishlar chiqqan edi.

Joriy mavsumda 32 yoshli Martines barcha musobaqalarda 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 61 ta gol o‘tkazib yubordi va 16 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Eslatib o‘tamiz, Martines 2023 va 2024 yillarda ketma-ket ikki marta "The Best" sovrinini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!