MYu "Lester" sobiq yulduzini oʻz safiga qoʻshib olmoqchi
"Beshiktoш" yarim himoyachisi Uilfred Ndidi Angliya Premier-ligasiga qaytishi mumkin. 29 yoshli nigeriyalik futbolchini "Manchester Yunayted" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deya xabar bermoqda ijtimoiy tarmoqdagi nufuzli jurnalist va insayder Fabrizio Romano.
Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar" allaqachon Ndidiga hamkorlik taklifini bildirgan. Shartnomaning moliyaviy tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan.
Ndidi joriy mavsum "Beshiktoш" safida barcha musobaqalarda 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Transfermarkt internet portali nigeriyalik 29 yoshli futbolchining bozor narxini 10 mln yevroga baholamoqda.
Fikrlar