
MYu Lingard bilan shartnomani uzaytirmoqchi
“Manchester Yunayted” klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Jessi Lingard bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
ESNP nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mankuanliklar dastlab hujumchi Markus Reshford bilan shartnomani uzaytirib olishgach, keyin Lingardga yangi shartnoma taklif qilishadi. Hozircha 26 yoshli angliyalik futbolchi bilan bu borada muzokaralar boshlanmagan.
Ma’lumot uchun, Lingard o‘tgan mavsum MYu safida jami 38ta bahsda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar