
MYu o‘yinchilaridan faqat bittasi “Liverpul”da to‘p surishga yaraydi!
“Manchester Yunayted”ning afsonaviy futbolchilaridan Pol Skoulz hozir Manchester sharafini himoya qilayotgan o‘yinchilar orasida faqatgina Pol Pogba “Liverpul”ning asosiy tarkibida o‘ynashga qolir ekanini ta’kidladi.
Pogba jaroxat tufayli ko‘p uchrashuvlarni o‘tkazib yubordi. Fevral oyi boshida safga qaytganidan keyin “Manchester Yunayted” birorta uchrashuvda mag‘lub bo‘lgani yo‘q.
- Agar Pogba yuqori formasiga chiqsa, “Liverpul”ning asosiy tarkibiga kirishi mumkin. U klubda yaratuvchanlik jihati bilan ajralib turadi.
Men Pogbaning eng katta tanqidchisiman. Maydonda raqib tomon frantsiyalik yarim himoyachidan nimalarni kutishni bilmaydi. Uni o‘yini o‘xshab qolsa, ajoyib futbolchiga aylanadi. “Manchester Yunayted” kelasi yili uning o‘rniga kimni topishi qiziq tuyulyapti, - dedi Pol Skoulz.
Fikrlar