
MYu Xendersonni "Sheffild"da qoldiradi, biroq...
"Manchester Yunayted" darvozaboni Din Xenderson "Sheffild" safida yana bir mavsum ijarada to‘p surishi mumkin.
The Sun nashri manbasiga ko‘ra, "qizil iblislar" angliyalik golkiper bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Yangi kelishuvda futbolchining maoshi haftasiga 100 ming funtga ko‘tariladi va futbolchi qayta ijaraga yuboriladi.
Ta’kidlanishicha, agar "Sheffild" futbolchini qaytarib olishni xohlasa, unda Xendersonning maoshini bir qismini to‘lashi kerak bo‘ladi.
Fikrlar