
MYu yulduzining vakillari "Al-Hilol" bilan uchrashdi
"Manchester Yunayted" sardori Bruno Fernandesning kelajagi hozircha noma’lumligicha qolmoqda. Portugaliyalik futbolchining vakillari Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi prezidenti Fahad bin Nafel bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Bu haqda insayder Sasha Tavolieri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, muzokaralar Londonda bo‘lib o‘tgan. Unda saudiyaliklar Fernandeshga o‘zlarining ambitsiyali sport loyihasini taqdim etishgan va unga uch yillik shartnoma taklif qilishgan. Muzokaralarda asosiy masala sifatida maosh miqdori ko‘rilgan— Fernandesh yiliga taxminan 30 million evro daromad olishni xohlayapti.
Insayder ma’lum qilishicha, tomonlar yakuniy kelishuvga erishilmagan.
Fikrlar