Nagelsmann Germaniya termasi o‘rniga Angliya grandini boshqarmoqchi
2026 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsman Angliya Premier-ligasida ishlashni xohlamoqda.
Bu haqida TEAMtalk xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 38 yoshli mutaxassis uchun Angliyada yangi sport loyihasini topish ishlarini boshlab yuborgan.
Vositachilar orqali uning nomzodi “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Chelsi” va “Arsenal” klublariga taklif qilindi.
Hozircha “Chelsi”, “Liverpul” va “Arsenal” bu taklifga javob bermagan. Bu klublar amaldagi murabbiylariga ishonch bildirishda davom etadi.
O‘z navbatida, “Manchester Siti” rahbariyati Xosep Gvardiolaning kelajagi bo‘yicha qarorini kutmoqda va ehtimoliy o‘rinbosarlarni ko‘rib chiqyapti. Ular orasiga Yulian Nagelsmann ham qo‘shildi.
Nagelsmann Germaniya terma jamoasini 2023 yil sentyabridan beri boshqarib kelmoqda. Uning shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi.

Fikrlar