Naomi Osaka Parijda sharmanda bo‘ldi
Zohir2018
Uni uchinchi davrada oyog‘idan tortishdi
Parij shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tayotgan "Rolan Garros" musobaqasining uchinchi davrasida yaponiyalik Naomi Osaka kutilmaganda engildi.
Dunyoning birinchi raqamli tennischisi bo‘lib turgan Naomi ushbu bosqichda chexiyalik Katerina Sinyakovaga qarshi kortga chiqdi va 4:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa Sinyakova Frantsiya ochiq chempionatining to‘rtinchi bosqichiga yo‘l olib, amerikalik Medison Kizga qarshi o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi.

Izohlar (0)