"Napoli" 38 yoshli Ibragimovichga nima va’da qilmoqda?

  • 24 oktabr, 2019, 18:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Napoli” klubi "Los-Anjeles Gelaksi" forvardi Zlatan Ibragimovichni tarkibga jalb etishga jiddiy bel bog‘ladi.

Xabarlarga qaraganda agar 38 yoshli shved yana A Seriyaga qaytishga rozi bo‘lsa, neapolliklar unga 2021 yilgacha tuzilgan shartnoma hamda yiliga 4 mln evro maosh taklif qilishga tayyor.

Ta’kidlash kerakki, Zlatan AQSh klubida yiliga 6,5 mln evro maosh olmoqda. Biroq, uning klub bilan amaldagi shartnomasi yana bir oydan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi.

Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich joriy mavsum MLSda 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 30 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!