
"Nasaf" ikkita "Qashqadaryo derbisi"da ishtirok etadi. Tojikiston chempioniga qarshi o‘yin ham bor!
"Nasaf" jamoasi nazorat uchrashuvlarida maydonga tushadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar beradi.
Davralar oralig‘ida yuzaga kelgan tanaffusda “ajdarlar” bir nechta nazorat uchrashuvlarida maydonga tushadi. “Nasaf” 14 iyul kuni Muborakning “Mash’al”, 15 iyul kuni G‘uzorning “Sho‘rtan” va 19 iyul kuni qo‘shni Tojikiston jamoasi “Istiqlol” jamoalariga qarshi nazorat bellashuvida maydonga tushadi.
Barcha bellashuvlar Qarshidagi “Markaziy” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvlarga kirish mutlaqo bepul.
Fikrlar