"Navbahor" 19 yilda ilk marta mavsumni ikkita g‘alaba bilan boshladi
O‘zbekiston Superligasi 2-turi doirasida "Navbahor" o‘z maydonida "Metallurg"ni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ma’lumot uchun, "lochinlar" 19 yilda birinchi marta startdagi ikki o‘yinda g‘alaba qozondi. Bunaqasi tarixda faqat to‘rt bor qayd etilgan (1996, 1998, 2001, 2004). Shuningdek, "Navbahor" 2018 yildan buyon ilk bor qatorasiga ikki bor 3 ta to‘p farqi bilan zafar quchdi.
Namangan klubi kelasi turda Toshkentda "Paxtakor" mehmoni bo‘ladi.

Fikrlar