"Navbahor" derbida ishonchli hisobda g‘alaba qozondi, Iskanderovdan super gol (video)

  • 18.04.2022 20:08
  • Javokhir Azimov
  • 2
  • Futbol

O‘zbekiston Kubogi 3-turi doirasidagi "Navbahor" - "Neftchi" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, Jamshid Iskanderov 25-daqiqada ajoyib zarbasi bilan hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda namanganliklar legioneri Zoran Marushich oradagi farqni ikkitaga etkazdi.

Shu tariqa, "lochinlar" 9 ochko to‘plagan holda, 100 foizlik natija bilan pley-offga yo‘l oldi. Farg‘onaliklar esa, boshqa o‘yinlarda qayd etiladigan natijalarni kuzatishga majbur.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Saidjonn
18/04/2022 21:18
Bu yil nefchiga bir narsa bolyapti pro ligada oynorib organib qolib di shekli
&
Абдурахмон лидер
18/04/2022 20:09
Video qani?