Navbahor Hamidova mezbonlar bokschisini taslim etdi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazilyapti.
-65 kg da vakilamiz Navbahor Hamidova mezbonlar sportchisi Sacha Hikkeyga qarshi ringga ko‘tarildi. To‘liq 3 raund davom etgan bahs hamyurtimizning g‘alabasi bilan yakunlandi - 4:1.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir yurtdoshimiz Abdumalik Xalokov va Bibars Jeksen (Qozog‘iston) to‘qnashuvi kutmoqda.
Fikrlar