"Navbahor" himoychisiga "sovchilar" bor!
"Navbahor" uni qo‘yib yuboradimi?
"Navbahor" a'zosi Giorge Jgerenaya yangi mavsumda Superliganing boshqa klubiga ko'chib o'tishi mumkin.
Bizga ma'lum bo'lishicha, gruziyalik himoyachiga Toshkent va voha jamoalaridan qiziqish bor. Futbolchining "lochinlar" bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning 31-dekabrida yakunlanadi.
Ma'lumot uchun, Superliganing eng stabil himoyachilaridan biri bo'lgan Giorge joriy mavsum Superligada 18 bahsda qatnashib, bitta gol urdi va bitta assist qayd etdi.
Izohlar (0)