"Navbahor"dan navbatdagi transfer: kongolik hujumchi jalb qilindi
"Navbahor" gruziyalik legionerdan keyin kongolik hujumchi Katulondi Kati transferini e’lon qildi.
Klub ushbu oʻyinchi bilan shartnoma imzoladi.
Katulondi Kati – 1999 yil, 19 oktyabrda Kongo Demokratik Respublikasida tugʻilgan.
Faoliyati davomida Kongo Demokratik Respublikasining “Dofen Nuar” (Goma), “Motema Pembe” (Kinshasa) jamoalarida oʻynagan. 2022 yildan buyon Marokashning “Hassaniya” (Agadir) jamoasida toʻp tepayotgandi.
Fikrlar