Navbat kimga keldi? Angliyada yanada bir bosh murabbiy ishdan olinadi

  • 14.02.2026 07:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

2026 yil Angliya Premier-ligasida murabbiylar iste’fosiga boy bo‘lmoqda. Yangi yil boshidan beri yanvar oyida “Chelsi” Enco Mareskani, fevral oyida “Tottenxem” Tomas Frankni,  “Nottingem Forest” Shon Daychni bosh murabbiy lavozimidan ozod qildi.

The Telegraph nashri jurnalisti Mett Louning yozishicha, Angliya chempionatida yana bir iste’fo pishyapti.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, endi “Brayton” rahbariyati agar yaqin haftalarda vaziyat va natijalar ijobiy tomonga o‘zgarmasa, bosh murabbiyi Fabian Hyurtselerni ishdan bo‘shatadigan bo‘ldi.

Germaniyaning mutaxassisning kelajagi so‘nggi besh o‘yinda g‘alaba qozonilmaganidan keyin katta shubha ostida qolgan. Keyingi o‘yinlar uning klubdagi taqdirini hal qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!