
"Neftchi" "bomba" transfer amalga oshirdi
Superliga 2024 yilgi mavsumida yorqin va hujumkor o‘yinlari orqali muxlislar e’tiborini tortgan chernogoriyalik yarim himoyachi Vladimir Yovovich yangi mavsumni "Neftchi" tarkibida o‘tkazadi.
U Chernogoriya milliy terma jamoasining a’zosi sifatida ham shuhrat qozongan. Serbiya va Chexiya klublarida yarim himoyachi sifatida o‘z mahoratini namoyish etgan. 2024 yil mavsumida esa o‘z faoliyatini O‘zbekistonda, Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubida davom ettirib, "bo‘rilar" safida sermahsullik namoyish etdi.
Ta’kidlash kerak, Yovovich O‘zPFL talqiniga ko‘ra, 2024 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar qatorida tilga olingan.
Fikrlar