"Neftchi" bugun "Paxtakor" bilan o‘yinda muammoga uchrashi mumkin. Sababi...

  • 5 avgust, 2023, 17:19
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston Superligasida 15-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Kun doirasidan 3 ta o‘yin bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

Tecno

Asosiy uchrashuv esa Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Unda amaldagi chempion "Paxtakor" Farg‘onaning "Neftchi" klubini qabul qiladi. Bahs 20:00 da start oladi. 

Ahamiyatlisi, "yo‘lbarslar"ning so‘nggi urilgan 4 golidan 3 tasini bitta futbolchi kiritgan. U "Navbahor"ga ko‘chib o‘tgan gruziyalik Toma Tabatadze hisoblanadi. 

Toma "Nasaf" bilan o‘yinda dubl qayd etgan bo‘lsa, "Qizilqum" bilan kechgan 1:1 hisobida yakunlangan o‘yinda farg‘onaliklarning yagona golini urishga erishgandi. O‘tgan turdagi "Metallurg"ga qarshi bahsda esa yagona golni Abbos G‘ulomov kiritgandi. 

Tabatadzening yo‘qligi "Neftchi" ziyoniga ishlaydimi yoki Farg‘ona klubi bu masalaga echim topa oladimi? Bu kabi savollarga bugun javob topib olamiz! 

Eslatib o‘tamiz, "Paxtakor" - "Neftchi" o‘yinining matnli translyatsiyasini SPORTS.uz sayti orqali kuzatib borishingiz mumkin!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Темиров Набижон
05/08/2023 18:30
Тома Нефтчида ўртамиёнадан хам паст хужумчилиги билинди,неча марта вазиятларни кўкка совирган.Бабаянга Томани нимаси ёқиб қолди билмадим.Томани Нефтчидан кетганига хурсандмиз.Бу мақолани қайси каллаварам мухбир ёзган билмадик................,
&
Neftchi
05/08/2023 23:48
Uchta folbin chotiga qarab fol ochgandi Beganovlar paxtakor 100%yutadi deb isqirtlar
&
Farxod Mirzamatov
05/08/2023 18:56
Tabatadze Neftchini muammosimas uning o‘rni bilinmedi.