“Neftchi” oʻrtoqlik oʻyinida Qirgʻiz Respublikasi klubini tor-mor etdi
Yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyaning Antaliya shahrida olib borayotgan Farg'onaning “Neftchi” klubi navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Bu galgi raqib Qirgʻiz Respublikasining amaldagi chempioni “Bars” jamoasi boʻldi. Ushbu bellashuvda farg'onaliklar yirik 4:1 hisobida raqibdan ustun keldi. “Yoʻlbarslar”ning gollari Odilov, Fomin, Marushich va Abdugʻaniyevlar mualliflik qildi.
Fikrlar