“Neftchi” Qozog‘iston klubidan ustun keldi
Yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyaning Antaliya shahrida olib borayotgan Farg'onaning “Neftchi” klubi ushbu yig‘indagi so‘nggi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Bu safargi raqib Qozog‘istonning “Irtish” klubi bo‘ldi. Farg‘ona klubi ushbu bellashuvda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. “Yo‘lbarslar”ning gollariga Yovan Jokich, Abror Ismoilov va Stipe Peritsa mualliflik qildi.
Shu tariqa “Neftchi” Turkiyadagi tayyorgarlikni yakunladi.
Fikrlar