
"Neftchi" Shoxruz Norxonov bilan shartnoma imzoladi (foto)
"Neftchi" futbol klubi dastlabki transferni amalga oshirdi. Unga ko‘ra, bu yilgi mavsumni "Navbahor" va "Buxoro"da o‘tkazgan hujumchi Shoxruz Norxonov "Neftchi" bilan shartnoma imzoladi. Bu xususida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Bugun klub rahbariyati navbatdagi transferni amalga oshirdi. O‘tgan mavsumda «Navbahor» va «Buxoro» tarkibida to‘p surgan tajribali xujumchi Shoxrux Norxonov jamoamiz bilan shartnoma imzoladi.
Ma’lumot o‘rnida, Norxonov o‘tgan mavsumda Superliga musobaqsida jami 25 uchrashuvda maydonga tushgan va uch bor gol mualifi bo‘lgan.
Jamoamiz va muxlislarimiz nomidan tajribali futbolchi "Neftchi" safida yanada g‘ayrat va shijoat bilan harakat qilib, jamoa sharafini yuksak cho‘qqilarga ko‘tarishga munosib hissa qo‘shishiga ishonamiz", - deya xabar bermoqda "Neftchi" matbuot xizmati.
Fikrlar