"Neftchi" yana bir transferni hal qildi

  • 18.12.2025 22:12
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston U17 terma jamosi sardori va "Ahmedov fc" a’zosi Mo‘minxon Bahodirxonov faoliyatini vodiyda davom ettirishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. 

SPORTS.uz sayti jurnalisti Oybek Yuldoshevga ma’lum bo‘lishicha, 17 yoshli markaziy himoyachi Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi a’zosiga aylanadi. Muzokaralar ijobiy yakunlandi. Transfer tez orada rasmiy ravishda e’lon qilinadi. Endi Islom Ismoilov shogirdi bilan "yo‘lbarslar" safida ham birga ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, U17 termamiz sardori Qatar yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionatining barcha o‘yinlarimizda to‘liq 90 daqiqa o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!