"Neftchi" yangi iqtidоr egasi bilan uch yillik shartnoma tuzdi
Antaliyada shugʻullanaotgan "Neftchi" klubi iqtidorli oʻyinchi Asilbek Jumaev bilan uch yilga moʻljallangan shartnoma imzolaganini klub matbuot xizmati yozdi.
"Avval xabar berganimizdek, jamoamiz yosh va istiqbolli yarim himoyachi — Asilbek Jumaev bilan shartnoma imzolagan edi. Yaqinda Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan U-23 Osiyo Kubogida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi safida yurtimiz shaʼnini munosib himoya qilib qaytgan futbolchi 24 yanvardan boshlanadigan jamoamizni ikkinchi bosqichdagi mashgʻulotlariga qoʻshiladi.
Yosh, iqtidorli va katta salohiyatga ega boʻlgan futbolchimizga jamoamiz tarkibini yanada kuchaytirishiga ishonamiz. Asilbek Jumaevga jamoamiz safida muvaffaqiyat, yorqin oʻyinlar va katta yutuqlar tilab qolamiz", - deyiladi xabarda.
Fikrlar